Bojxona kodeksi 409-1-modda. Shikoyat qilish huquqi

Vakolatli shaxslar bojxona organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan, bojxona organlarining bir yoki bir nechta jismoniy yoki yuridik shaxsga qaratilgan, yuridik ahamiyatga molik muayyan harakatlarni sodir etishga doir koʻrsatmasi mavjud boʻlgan hujjat bojxona organining normativ xususiyatga ega boʻlmagan qarori deb eʼtirof etiladi.