Bojxona organlari va ular ixtiyoridagi daryo kemalari oʻz bayrogʻiga ega boʻladi. Bojxona organlarining avtotransport vositalari hamda havo kemalari farqlash belgisiga ega boʻladi. Bayroq va farqlash belgisi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.