Ekvivalent kompensatsiyaga, yaʼni olib chiqilgan tovardan olingan qayta ishlash mahsulotlarini boshqa ekvivalent chet el tovari bilan almashtirishga, agar bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash operatsiyasi tovarni taʼmirlashdan iborat boʻlsa, tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasi asosida, shuningdek boshqa hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yoʻl qoʻyiladi. Bojxona maqsadlari uchun ekvivalent chet el tovari deganda olib chiqilgan tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash natijasida olingan qayta ishlash mahsulotiga oʻz tavsifi, sifati va texnik xususiyatlari boʻyicha mos keluvchi chet el tovari tushuniladi. Ekvivalent chet el tovari olib kirilayotganda ushbu bob qoidalariga muvofiq unga olib chiqilgan tovarning qayta ishlash mahsuloti sifatida qaraladi. Ekvivalent kompensatsiya chogʻida ekvivalent chet el tovarini olib kirishga tovar qayta ishlash uchun bojxona hududidan olib chiqilguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.