Bojxona kodeksi 57-modda. Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar

Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻladigan hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda import qilinadigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.