Bojxona kodeksi 97-modda. Bojxona ombori bojxona rejimida turgan davrda yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovarni tasarruf etish

Bojxona ombori bojxona rejimida turgan davrda avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovar vakolatli shaxs tomonidan tanlangan bojxona rejimiga u shu holatda bojxona hududiga olib kirilgan tovar kabi joylashtirilishi lozim. Mazkur holatlar vakolatli shaxs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanishi kerak.