Har bir bola oʻzining sogʻligʻi, axloqiy va maʼnaviy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan axborotni olish huquqiga ega. Har bir bola har qanday axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega, qonunda nazarda tutilgan cheklashlar bundan mustasno. Pornografiya, shafqatsizlik va zoʻravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli taʼsir koʻrsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab boʻluvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish etish taqiqlanadi.