Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida 25-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning jamiyatga uygʻunlashish huquqi kafolatlari

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar jamiyat hayotida ishtirok etishda boshqa bolalar bilan teng huquqlarga egadir. Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va ular oilalarining jamiyat hayotida faol ishtirok etishini taʼminlash uchun ularning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitmaslik shartlari asosida dasturlar ishlab chiqish tashabbuskori boʻladi hamda zarur resurslar ajratadi. Taʼlim, tibbiyot va madaniy-maʼrifiy muassasalar nogironligi boʻlgan bolalarning hamda jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarning erkin harakatlanishlari uchun moslashtirilgan boʻlishi kerak. Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni reabilitatsiya qilish tizimini shakllantirish va rivojlantirishni tashkil etadi hamda bunga koʻmaklashadi. Nogironlik belgilangan paytdan boshlab bola tegishli davlat organlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturidan foydalanish huquqiga ega.