Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga, oʻrta maxsus, taʼlim muassasalariga tarbiyaga berilgan kundan eʼtiboran toʻliq davlat taʼminotida boʻladi. Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalarga va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga taʼlim berish, ularni uy-joy, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlari bilan taʼminlash, ular taʼlim muassasalarini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlari sotib olish uchun nafaqa toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.