Nogironligi boʻlgan bolalar tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega boʻlib, bu profilaktika, davolash-tashxis qoʻyish, reabilitatsiya, sanatoriy-kurort, protez-ortopediya yordamini, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli shartlarda taʼminlanishni va boshqa yordam turlarini oʻz ichiga oladi. Nogironligi boʻlgan bolalar davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida bepul tibbiy-ijtimoiy yordam olish va oʻz uylarida parvarish qilinish huquqiga ega. Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi, ularga beriladigan imtiyozlar roʻyxati qonunchilik bilan belgilanadi. Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslarning arizasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti, homiylik va boshqa jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan, shuningdek ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslarning mablagʻlari hisobidan ijtimoiy muhofaza tizimi muassasalarida saqlanishlari mumkin.