Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida 6-modda. Bola huquqlarini taʼminlashda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtiroki

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bolaga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarishda va himoya qilishda koʻmaklashadi, bolaga yoki uning qonuniy vakiliga huquqiy, uslubiy, axborotga oid va boshqa yordam koʻrsatadi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari: bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha davlat dasturlari va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda hamda roʻyobga chiqarishda ishtirok etishi; bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga doir vakolatlarni amalga oshirishda davlatdan va xalqaro tashkilotlardan uslubiy, tashkiliy hamda moliyaviy yordam olishi mumkin.