Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari quyidagi turlar boʻyicha ochiladi: budjet tizimi budjetlarining darajalari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari; Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari; budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari. Shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.