Budjet kodeksi 114-modda. Budjet tizimi budjetlarining darajalari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari

Budjet tizimi budjetlarining darajalari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari: Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan; Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan; tumanlar va shaharlar budjetlari boʻyicha — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan; davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari boʻyicha — davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ochiladi.