Budjet kodeksi 120-modda. Budjet tizimi budjetlari xarajatlar qismining ijrosi

Budjet tizimi budjetlari xarajatlar qismining ijrosi: yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olishni; kassa xarajatlarini amalga oshirishni, shu jumladan budjetlararo transfertlarni oʻtkazishni; hisob va hisobotni; ijro ustidan nazoratni nazarda tutadi. Budjet tizimi budjetlarining xarajatlari daromadlar va xarajatlar yoyilmasida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida hamda budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydigan muddatlarda, daromadlarning tushishi hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlariga va budjet mablagʻlari oluvchilarga turli darajadagi budjetlardan budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni ajratishga yoʻl qoʻyilmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno. Budjet tizimi budjetlarining ijrosi jarayonida budjetdan ajratiladigan mablagʻlar: 1) quyidagilar munosabati bilan foydalanilmay qolgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning: kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar moliya yili yakuni boʻyicha toʻliq oʻzlashtirilmaganligi; budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchilar faoliyati toʻxtatib turilganligi — toʻxtatib turilgan davr uchun; 2) budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning tasdiqlangan xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan, davlat moliyaviy nazorati boʻyicha tadbirlar davomida aniqlangan ortiqcha va qonunga xilof ravishda budjetdan ajratilgan mablagʻlarning summalariga; 3) qonunchilik hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar miqdorlarining qisqartirilishi summalariga; 4) moliya yili boshiga tovar-moddiy qimmatliklarning normativdan ortiq zaxiralarining summalariga; 5) dotatsiyalar va subsidiyalarni toʻlash uchun moʻljallanib, ammo zarurati qolmagan summalariga kamaytiriladi. Budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq kamaytirish tartibi Oʻzbe