Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti taqchilligini qoplashga, joriy moliya yili uchun belgilangan aylanma kassa mablagʻlarining miqdorini toʻldirishga, qolgan qismi esa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalari birinchi navbatda joriy moliya yili uchun belgilangan aylanma kassa mablagʻlarining miqdorini toʻldirishga yoʻnaltiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalari tegishli budjet hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilmagan tashkilotlarni saqlab turishga yoʻnaltirilishi mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining qoʻshimcha manbalari va yil boshiga qoldiq mablagʻlari tegishli ravishda ular umumiy xarajatlarining 3 foizidan oshmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq foydalaniladi hamda foydalanilgan mablagʻlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga har chorakda hisobot taqdim etiladi. Mazkur xarajatlar 3 va undan ortiq foizga oshgan taqdirda Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonunga oʻzgartirishlar kiritiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalardan foydalanish toʻgʻrisidagi qarorlar tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi,