Budjet kodeksi 148-modda. Tumanlar va shaharlar budjetlarining xarajatlari yoyilmasiga oʻzgartirishlar kiritish tartibi

Bir hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchi uchun ajratilgan budjet mablagʻlarni boshqa hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorining: 10 foiz va undan ortiq miqdorda xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan; 10 foizdan kam miqdorda tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeks 145-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tasarrufidagi bir budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchidan boshqa budjet tashkiloti va budjet mablagʻlari oluvchi uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni oʻtkazish hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar soʻroviga koʻra tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.