Budjet kodeksi 157-modda. Budjet ssudalari, kredit liniyalari va kreditlar berish

Budjet ssudalari, kredit liniyalari va kreditlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari va qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar hisobidan berilishi mumkin. Bunda ushbu berilgan budjet ssudalari, kredit liniyalari va kreditlar tegishli hisobotlarda alohida balansdan tashqari hisobvaraqlarda aks ettiriladi. Budjet ssudalari, kredit liniyalari va kreditlarni berish qonunchilik hamda shartnoma bilan belgilanadigan muddatlilik, qaytarish, maqsadli foydalanish shartlariga va boshqa shartlarga asoslanadi.