Budjet kodeksi 159-modda. Budjet ssudasi va kredit liniyasini oʻz vaqtida qaytarmaslik

Budjet ssudasi yoki kredit liniyasi, shu jumladan foizlar budjet ssudasini berish yoki kredit liniyasini ochish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatlarda va hajmlarda oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi: qarzni qarzdordan soʻzsiz tartibda undiradi; har bir kechiktirilgan kun uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarz summasining 0,033 foizi miqdorida penya hisoblaydi.