Budjet kodeksi 166-modda. Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot

Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot quyidagilarni oʻz ichiga oladi: davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari ijrosining balansini; davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni; davlat maqsadli jamgʻarmalarining debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini; davlat maqsadli jamgʻarmalari nomoliyaviy aktivlarining harakati toʻgʻrisidagi hisobotni; davlat maqsadli jamgʻarmalarining chet el valyutasidagi pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotni; davlat maqsadli jamgʻarmalari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni. Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobot quyidagilarni oʻz ichiga oladi: davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni; davlat maqsadli jamgʻarmalarining chet el valyutasidagi pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotni. Davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tahliliy maqsadlar uchun davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari daromadlari va xarajatlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etadi. Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga: davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotni hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasiga qadar; davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 10-fevraliga qadar taqdim etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga: davl