Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga baholash uchun hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning 15-sanasiga qadar yuboradi. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlarga doir tezkor xulosani hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining birinchi chorakdagi, yarim yillik va toʻqqiz oylik ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tezkor xulosasi bilan birga, tezkor xulosa olingan kundan eʼtiboran ikki kun ichida taqdim etadi.