Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiyani, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini ekspertizadan oʻtkazishni; qabul qilinayotgan davlat dasturlari va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanganligi auditini; budjet tizimi budjetlariga hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarga mablagʻlar tushumining toʻliqligini oʻrganish va nazorat qilishni; budjet tizimi budjetlarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning daromadlarini koʻpaytirish zaxiralarini aniqlash va safarbar qilishni; budjet tizimi budjetlarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligini va qonuniyligini auditdan oʻtkazishni, barcha darajalarda ularni qisqartirish boʻyicha imkoniyatlarni aniqlashni; budjet tizimi budjetlari mablagʻlari va davlatdan qarz olish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligini va asosliligini baholashni; soliq, bojxona va budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqishni, budjetga oid rejalashtirishning zamonaviy usullarini tizimli qoidabuzarliklarning sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish va oʻrganish orqali joriy etishni; Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari oʻrtasidagi nisbat maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadga oid vakolatlari va xarajatlarga doir majburiyatlari chegaralanishining toʻgʻriligini baholashni, ularning moliyaviy jihatdan oʻzini oʻzi taʼminlashi yuzasidan takliflar ishlab chiqishni; Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining yillik hisobotni, shuningdek Davlat budjetining birinchi cho