Budjet kodeksi 179-modda. Davlat moliyaviy nazorat organlarining oʻzaro hamkorligi

Budjet tashkilotlarini nazorat qilish rejalari davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan tasdiqlanadi. Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazorati obyekti mansabdor shaxslarining harakatlarida jinoyat alomatlari, shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning alomatlari boʻlgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda nazorat materiallarini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi. Davlat moliyaviy nazorati obyekti mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarliklarga doir materiallar sudlarga yoki tegishli vakolatli davlat organlariga topshiriladi.