Budjet kodeksi 183-modda. Davlat moliyaviy nazorati natijalari boʻyicha rasmiylashtiriladigan hujjatlar

Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratining natijalari davlat moliyaviy nazorat organining mansabdor shaxsi tomonidan: tekshirish va taftish natijalari boʻyicha tuziladigan hujjat — dalolatnoma; davlat moliyaviy nazorati natijalarini umumlashtiruvchi hujjat — jamlanma dalolatnoma; oʻrganish va nazorat tartibida tekshirish natijalari boʻyicha tuziladigan hujjat — maʼlumotnoma yoki xulosa tarzida rasmiylashtiriladi.