Davlat moliyaviy nazoratini: davlat moliyaviy nazorati obyekti mansabdor shaxsining yaqin qarindoshi, erining (xotinining) qarindoshi boʻlgan; davlat moliyaviy nazorati obyektida shaxsiy mulkiy manfaatlari boʻlgan; tekshiruv bilan qamrab olingan davrda davlat moliyaviy nazorati obyektida ishlagan davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan oʻtkazish taqiqlanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari bu haqda davlat moliyaviy nazoratini tayinlagan organning rahbarini yozma shaklda xabardor qilishi kerak.