Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari: tegishli budjet loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi; budjet soʻrovi olinishiga qarab tegishli budjetlarning loyihalarini tuzish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi, ularni tayyorlash tartibi va muddatlarini belgilaydi; Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti loyihasini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari loyihalarini tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga koʻrib chiqish va qabul qilish uchun taqdim etadi; ushbu Kodeksning 146 — 148-moddalarida nazarda tutilgan tartibda moliya yili mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari parametrlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqadi; Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi; Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi; Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlar