Budjet kodeksi 29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining budjet sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi: Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini va budjetnomani ishlab chiqadi; davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari loyihalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining daromadlari va xarajatlarini koʻrib chiqadi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini va budjetnomani koʻrib chiqish uchun taqdim etadi; Davlat budjeti daromadlari prognozining choraklar va hududlar kesimidagi taqsimot loyihasini ishlab chiqadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; birinchi va ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni taqsimlash, shuningdek navbatdagi yil uchun xarajatlar smetasini tuzish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni yuboradi; oʻrta muddatli budjetni tayyorlash jarayonini ikki bosqichda (shakllantirish va tuzish) amalga oshirish boʻyicha yagona uslubiy qoʻllanmalar toʻplamini (sirkulyarni), shuningdek Davlat budjetini shakllantirishda budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlarini yetkazish hamda qayta koʻrib chiqish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning takliflari asosida Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonun qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan tasdiqlangan mablagʻlar doirasida ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning takliflari asosida oʻzining ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablagʻlarga 10 va undan ortiq foiz