Budjet kodeksi 30-modda. Hududiy iqtisodiyot va moliya organlarining budjet sohasidagi vakolatlari

Hududiy iqtisodiyot va moliya organlari: Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari loyihalarini tayyorlaydi hamda ularni tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga koʻrib chiqish uchun kiritadi; soliqlarning, yigʻimlarning, davlat bojlarining va soliq boʻlmagan toʻlovlarning ularning manbalari kesimida toʻliq va oʻz vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi; tegishli budjetning ijro etilishi jarayonida unga tushumlarni koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha zaxiralarni aniqlaydi; budjet tashkilotlariga va budjet mablagʻlari oluvchilarga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmlarini yetkazadi; budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini hamda budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazadi; ushbu Kodeksning 146 — 148-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tegishli budjetlar parametrlariga moliya yili mobaynida oʻzgartirishlar kiritadi; tegishli budjetlarning mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organlariga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga tegishli budjetning ijrosi toʻgʻrisida har choraklik hisobotlarni taqdim etadi; budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi; tegishli budjetlar ijrosining budjet hisobini yuritadi va budjet hisobotini qabul qiladi; mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari balansliligiga taʼsir koʻrsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarini moliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi