Davlat budjeti daromadlari: soliqlar, yigʻimlar va davlat boji, shuningdek soliq boʻlmagan toʻlovlar; davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar; meros, hadya huquqi boʻyicha davlat mulkiga oʻtgan pul mablagʻlari; yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari; rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalari, kredit liniyalari va chet davlatlarga ajratilgan kreditlar mablagʻlari boʻyicha foizli tushumlar; qonunchilikka muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.