Budjet kodeksi 68-modda. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan koʻrsatiladigan begʻaraz yordam

Oʻzbekiston Respublikasining begʻaraz yordam koʻrsatishi toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi nomidan begʻaraz yordam koʻrsatgan vakolatli organ hisobot yilidan keyingi yilning 1-martigacha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga moliyaviy hisobotlar taqdim etadi.