Budjet kodeksi 83-modda. Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish

Navbatdagi yil uchun Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi hamda kelgusi ikki yilga budjet moʻljallari oʻrta muddatli davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqiladi. Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish: budjet soʻrovini tuzish tartibini yuborishni; budjet soʻrovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni; budjet soʻrovlarini koʻrib chiqish va jamlashni; budjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi.