Budjet kodeksi 87-modda. Xarajat majburiyatlarining reyestri

Xarajat majburiyatlarining reyestri budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlari va tadbirlarning budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari hisobidan uni moliyalashtirish uchun asos boʻlgan tegishli qonunchilik hujjati koʻrsatilgan roʻyxatidir. Xarajat majburiyatlarining reyestri budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan oʻzlari amalga oshirayotgan xarajatlarni asoslanganligi nuqtai nazaridan tahlil qilish uchun budjet tasnifiga muvofiq tuziladi.