Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15-noyabriga qadar koʻrib chiqilishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga koʻrib chiqish uchun qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida yuboriladi. Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15-dekabridan kechiktirmay maʼqullanadi.