Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari davlat bojini toʻlashdan quyidagi hollarda ozod qilinadi: 1) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasportini berganlik uchun; 2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini: yaqin qarindoshlari vafot etganda yoki ular dafn etilgan joylarni ziyorat qilganda; fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarga (bitimlarga) muvofiq ular xorij sudlariga fuqarolik va jinoyat ishlari yuzasidan taraflar, guvohlar va ekspertlar sifatida chaqirilganda; voyaga yetmagan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganda; voyaga yetmagan shaxs ilm-fan, taʼlim, sport yoki madaniyat sohalaridan biridagi xalqaro tadbirda yoki musobaqada ishtirok etganda; Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganda berganlik uchun; 3) yetim bolaga yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga identifikatsiyalovchi ID-kartasini berganlik uchun; 4) toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasini va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini berganlik uchun. Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari ushbu modda birinchi qismining 1 , 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarga biron-bir oʻzgartishlar kiritilgan taqdirda ham davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi. “Vatandosh” kartasining amal qilish davrida “Vatandosh” kartasi egasining oila aʼzolari (ota-onasi, eri (xotini) va voyaga yetmagan farzandlari) amaldagi viza muddatini koʻp martalik viza etib uzaytirganlik uchun davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, sh