Davlat boji quyidagi hollarda toʻliq yoki qisman qaytarilishi kerak: 1) davlat boji qonunchilikda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda toʻlanganida; 2) sud daʼvo arizasini (arizani, shikoyatni) qaytarganda yoki qabul qilishni rad etganda, shuningdek notarius notarial harakatlarni amalga oshirishni rad etganda; 3) apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati qaytarilganda yoki uni qabul qilish rad etilganda; 4) davlat boji toʻlangan daʼvo arizasi (ariza, shikoyat) yoki apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati sudga kelib tushmaganda; 5) agar ish sudga taalluqli boʻlmasa, ishni yuritish tugatilganda, bundan ish taalluqliligiga koʻra boshqa sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazilgan hollar mustasno; 6) ariza koʻrmasdan qoldirilganda, agar u muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; 7) sudning yoki hakamlik sudining ish yurituvida ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa, ariza koʻrmasdan qoldirilganda; 8) agar taraflar oʻrtasida nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish toʻgʻrisida hakamlik bitimi tuzilgan boʻlsa, ariza koʻrmasdan qoldirilganda; 9) agar taraflar oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilgan boʻlsa, ariza koʻrmasdan qoldirilganda; 9¹ ) agar javobgarga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa va javobgarga nisbatan taqdim etilgan talab qonunga koʻra toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida koʻrilishi lozim boʻlsa, ariza koʻrmasdan qoldirilganda; 10) ishda ishtirok etgan shaxs vafot etganida, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa; 11) daʼvogar nizoni sudga qadar hal etish (eʼtiroz bildirish) tartibiga rioya etmaganda, agar bu hol qonunda ushbu toifadagi nizolar uchun yoki taraflarning shartnomasida nazarda tutilgan hamda bunday hal etish imkoniyati boy berilgan boʻlsa; 12) voyaga yetmagan bolalari boʻlmagan er-xotinning nikohi oʻzaro rozilik asosida bekor qilinganligini qayd etish uchun davlat