2. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida”gi 1060-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 74-modda, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/2, 364-modda) 9-moddasining sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “EHM uchun yaratilgan dasturlarni yoki maʼlumotlar bazalarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalaridan foydalanishga boʻlgan mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni bajarganlik uchun davlat boji undiriladi. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat bojining miqdorlari va uni toʻlash muddatlari, davlat bojini toʻlashdan ozod qilish, uning miqdorlarini kamaytirish yoki uni qaytarib berish uchun asoslar, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat boji summasidan foydalanish tartibi qonunda belgilanadi”. 3. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi 1062-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustda qabul qilingan 397-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 158-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 355-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) 34-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin: 1) birinchi qismning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin; 2) ikkinchi qismdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan” degan soʻzlar “qonunda” degan soʻz bilan almashtirilsin. 4. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul q