Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy toʻlovdir. Davlat boji turlari jumlasiga quyidagilar ham kiradi: Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun toʻlanadigan konsullik yigʻimi; ixtirolarga, foydali modellarga, sanoat namunalariga, seleksiya yutuqlariga, tovar belgilariga, xizmat koʻrsatish belgilariga, geografik koʻrsatkichlarga, tovar kelib chiqqan joy nomlariga, integral mikrosxemalar topologiyalariga huquqiy muhofaza berish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik uchun toʻlanadigan patent boji.