Milliy kadrlar zaxirasi davlat fuqarolik xizmatchilarining rahbarlik lavozimlarini malakali kadrlar bilan toʻldirish maqsadida davlat fuqarolik xizmatchilarini markazlashtirilgan holda saralab olish, tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish tizimidir. Milliy kadrlar zaxirasi davlat fuqarolik xizmatining rahbar kadrlar tarkibini barqaror taʼminlash va uning sifatini yaxshilash, davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini oshirish hamda xizmatda lavozim boʻyicha koʻtarish maqsadida shakllantiriladi. Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.