Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida 35-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yoʻriqnomasi

Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yoʻriqnomasi davlat fuqarolik xizmatchisining mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilaydigan hujjatdir. Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yoʻriqnomasi davlat organining rahbari tomonidan tasdiqlanadi yoki qonunchilikda belgilanadi. Davlat fuqarolik xizmatchisi mehnat shartnomasini imzolashdan oldin davlat fuqarolik xizmatchisi lavozim yoʻriqnomasi bilan imzo qoʻydirib tanishtirilishi kerak.