Davlat fuqarolik xizmatchisini ragʻbatlantirish hamda xolisona va adolatli mezonlar asosida xizmatda lavozim boʻyicha koʻtarilishini taʼminlash uchun uning faoliyati samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash tizimi joriy etiladi. Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash uslubiyati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. Davlat organi davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini baholash uslubiyatiga muvofiq faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻz ichki tartibini belgilaydi.