Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida 43-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq toʻlash

Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq toʻlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi: bazaviy lavozim maoshi; koʻp yillik xizmat uchun qoʻshimcha toʻlov; malaka darajasi uchun qoʻshimcha toʻlov; davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga erishganlik uchun qoʻshimcha ustama; hisobot davri yakunlari boʻyicha ragʻbatlantirish toʻlovlari. Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnat sharoitlari, u alohida muhim topshiriqlar va murakkab vazifalarni bajarganligi, boshqa shartlar munosabati bilan uning bazaviy lavozim maoshiga qonunchilikda belgilangan ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar toʻlanishi mumkin. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan toʻlovlarni hisoblash tartibi va ularning miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.