Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida 49-modda. Xizmat tekshiruvi

Xizmat tekshiruvi mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organi rahbarining qaroriga koʻra oʻtkaziladi. Davlat fuqarolik xizmatchisi oʻziga nisbatan asossiz ayblovlar qoʻyilgan yoki xulosalar chiqarilgan deb hisoblaganda ham uning yozma arizasi asosida xizmat tekshiruvidan oʻtkazilishi mumkin. Xizmat tekshiruvi davomida quyidagilar aniqlanishi zarur: intizomiy qilmishga sabab boʻlgan holatlar va shart-sharoitlar; davlat fuqarolik xizmatchisini intizomiy qilmishda ayblashning asosliligi yoki asossizligi; intizomiy qilmish natijasida yetkazilgan zararning oʻziga xos xususiyati va miqdori; davlat fuqarolik xizmatchisining tushuntirishlari va yozma ravishda bergan talablarida koʻrsatilgan vajlar. Davlat organidagi xizmat tekshiruvi davlat organining kadrlar boʻlinmasi, yuridik xizmati va boshqa boʻlinmalari, shuningdek kasaba uyushmasi (mavjud boʻlgan taqdirda) vakillaridan iborat boʻlgan xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiya tomonidan oʻtkaziladi. Xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiya tarkibiga davlat organining rahbari hamda xizmat tekshiruvi natijasidan manfaatdor boʻlgan shaxslar kirishi mumkin emas. Xizmat tekshiruvini oʻtkazish zarur boʻlgan hollarda, davlat organining rahbari davlat fuqarolik xizmatchisini xizmat tekshiruvi oʻtkazish mobaynida xizmat majburiyatlarini bajarishdan uning oʻrtacha ish haqini saqlab qolgan holda vaqtincha chetlatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Xizmat tekshiruvini oʻtkazish muddati oʻn besh ish kunidan oshmasligi kerak. Davlat organining rahbari xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiyaning asoslantirilgan vajlari asosida xizmat tekshiruvini oʻtkazish muddatini yana oʻn besh ish kunigacha uzaytirishga haqli. Xizmat tekshiruvi natijasiga koʻra xizmat tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiyaning dalolatnomasi tuziladi va davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash yoki qoʻllamaslik toʻgʻrisidagi xulosa tayyorlanadi. Xizmat tekshiruvini oʻtkazi