Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida 54-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnat va ijtimoiy taʼtillari

Davlat fuqarolik xizmatchisiga davomiyligi yigirma yetti kalendar kunidan kam boʻlmagan yillik asosiy taʼtil beriladi. Davlat fuqarolik xizmatchisiga koʻp yillik xizmati va alohida mehnat sharoitlari uchun yillik qoʻshimcha mehnat taʼtillari beriladi. Koʻp yillik xizmati va alohida mehnat sharoitlari uchun yillik qoʻshimcha mehnat taʼtillarini berish tartibi hamda ularning davomiyligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Davlat fuqarolik xizmati lavozimining toifasiga qarab qonunchilikda yillik asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillarining boshqacha davomiyligi belgilanishi mumkin. Davlat fuqarolik xizmatchisiga ijtimoiy taʼtillar berish mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.