Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida 57-modda. Davlat pensiya taʼminoti

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga tayinlanadigan barcha turdagi davlat pensiyalari davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan qonunda belgilangan asoslarga koʻra qoʻllaniladi. Vafot etgan davlat fuqarolik xizmatchisining qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolari boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olish huquqiga ega. Davlat fuqarolik xizmatchisining davlat pensiya taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Davlat fuqarolik xizmatchilariga pensiyalarni tayinlash, hisoblab chiqarish tartibi, ularning miqdorlari hamda davlat pensiya taʼminoti boʻyicha qoʻshimcha ijtimoiy kafolatlar fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilanadi.