Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida 7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: vazirliklarning va boshqa davlat boshqaruvi organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimiga shaxslarni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi; davlat fuqarolik xizmati sohasidagi davlat dasturlari va loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilishini oʻz vakolatlari doirasida taʼminlaydi hamda ularni tasdiqlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.