Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida 9-modda. Davlat organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari

Davlat organlari: davlat organlarida davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijrosini taʼminlaydi; kadrlarni saralash va tanlash, davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlari malaka darajalari berish hamda xizmat tekshiruvlari oʻtkazish boʻyicha komissiyalarning faoliyatini tashkil etadi; davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat majburiyatlarining bajarilishini va davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etilishini nazorat qiladi; davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlashni, ularning malakasi oshirilishini va taʼlim olishini muntazam ravishda tashkil etadi. Davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan vakolatlarni amalga oshirish maqsadida davlat organlarida kadrlar boʻlinmalari faoliyat yuritadi.