Davlat xaridlari toʻgʻrisida 2-modda. Ushbu Qonunning amal qilish sohasi

Ushbu Qonunning amal qilishi: Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturida va boshqa davlat dasturlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni roʻyobga chiqarish chogʻida amalga oshiriladigan davlat xaridlariga; davlat buyurtmachilarining xoʻjalik faoliyatini yuritish chogʻida amalga oshiriladigan davlat xaridlariga; Oʻzbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarining, shuningdek budjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat xaridlariga; agar donor mamlakatlarning, xalqaro tashkilotlarning, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlarining tartib-taomillarida yoki Oʻzbekiston Respublikasiga taqdim etiladigan chet el kreditlarini va chet el grantlarini, texnik koʻmakni va boshqa tashqi begʻaraz koʻmakni taqdim etish shartlarida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishning boshqacha tartibi belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar doirasida taqdim etiladigan chet el grantlari, texnik koʻmak va boshqa tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari hamda Oʻzbekiston Respublikasiga beriladigan chet el kreditlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat xaridlariga. Bunda donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlar tomonidan, belgilangan tartib-taomillarda yoki Oʻzbekiston Respublikasiga taqdim etiladigan chet el kreditlarini va chet el grantlarini, texnik koʻmakni va boshqa tashqi begʻaraz koʻmakni taqdim etish shartlarida belgilangan tartib-taomillardan qatʼi nazar, davlat xaridlari natijalari toʻgʻrisidagi axborot maxsus axborot portalida eʼlon qilinadi; agar moliyaviy, gumanitar yoki xayriya yordamini taqdim etish hamda boshqa begʻaraz, qaytarilmaydigan tarzda moliyalashtirish shart