Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida maslahat va (yoki) takliflarni koʻrib chiqish, baholash hamda taqqoslash boʻyicha xulosa olish uchun ekspertlar yoki ekspert tashkilotlari tegishli shartnoma asosida jalb etilishi, shu jumladan tekin asosda jalb etilishi mumkin. Ekspert maslahat xizmatlarini koʻrsatish va (yoki) xulosa berish uchun davlat xaridlari predmeti bilan bogʻliq sohada maxsus bilimlarga ega boʻlgan jismoniy shaxsdir. Ekspert tashkiloti xodimlari maslahat xizmatlarini koʻrsatish va (yoki) xulosa berish uchun davlat xaridlari predmeti bilan bogʻliq sohada maxsus bilimlarga ega boʻlgan yuridik shaxsdir. Ekspert, ekspert tashkiloti xizmatlarni davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etgan holda koʻrsatishi shart.