Davlat xaridlari toʻgʻrisida 24-modda. Davlat xaridlarining ijrochisi

Davlat xaridlarining ijrochisi (bundan buyon matnda ijrochi deb yuritiladi) xarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha gʻolib deb topilgan va oʻzi bilan davlat xaridlari toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan ishtirokchidir. Ijrochi: davlat buyurtmachisi bilan tuzilgan shartnomani bajarish jarayonida tushuntirishlar olish uchun unga murojaat qilish; yetkazib berilgan tovar (ish, xizmat) uchun haq olish; shartnoma shartlariga muvofiq va (yoki) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega. Ijrochi: qonunchilik talablariga rioya etishi; shartnomani uning shartlariga muvofiq bajarishi; asosiy benefitsiar mulkdor toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etishi; shartnomani bajarish jarayonida davlat buyurtmachisiga yoki vakolatli davlat organiga uning soʻrovi boʻyicha tushuntirishlar va axborot berishi shart.