Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi tavsifi xolis, funksional va umumiy xususiyatga ega. Tavsifda tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridining tegishli texnik, sifat, zarur hollarda ekspluatatsiya qilinish xususiyatlari koʻrsatiladi. Davlat xaridlarining tavsifi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) texnik xossalaridan kelib chiqqan holda, tasniflarni, rejalarni, chizmalarni, eskizlarni, talablarni hamda sinovlar va sinov usullari, qadoqlash, tamgʻalash haqidagi yoki muvofiqlik sertifikati, shuningdek shartli belgilar va atamalar toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olishi mumkin. Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi tavsifiga aniq tovar belgisiga yoki nomiga, patentga, konstruksiyaga yoki modelga, u mansub boʻlgan muayyan manbaga yoki ishlab chiqaruvchiga, eksklyuziv vakolatli huquqqa doir talablar yoki havolalar kiritilmasligi kerak, bundan elektron doʻkon vositasida amalga oshiriladigan xaridlar hamda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi xususiyatlarini taʼriflashning boshqa yetarlicha aniq usuli mavjud boʻlmagan hollar mustasno va bunda davlat xaridining tavsifiga “yoki analogi” degan soʻzlar kiritilishi kerak, bundan tovarlarning bir-biriga mos kelmasligi hollari mustasno. Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi tavsifida quyidagilar boʻlishi kerak: tovarlarning soni; bajarilishi (koʻrsatilishi) kerak boʻlgan ishlar (xizmatlar); tovarlar yetkazib berilishi lozim boʻlgan yoki ishlar bajarilishi, xizmatlar koʻrsatilishi kerak boʻlgan joy; tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatishning maqbul yoki talab etiladigan muddatlari, agar ular mavjud boʻlsa. Xarid qilish hujjatlarida xarid qilinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat buyurtmachisi tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash imkonini beradigan koʻrsatkichlar boʻlishi kerak. Bunda shunday koʻrsatkichlarning eng koʻp va (yoki) eng kam qiymatlari, shuningdek oʻzgartirilishi mumkin b