Davlat xaridlari toʻgʻrisida 38-modda. Birgalikdagi davlat xaridlari

Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) birgalikdagi davlat xaridlarini shakllantirish ikki va undan ortiq davlat buyurtmachisining davlat xaridlari reja-jadvallariga koʻra amalga oshiriladi. Birgalikdagi davlat xaridlari natijalari boʻyicha tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi axborot davlat buyurtmachilari tomonidan maxsus axborot portaliga shartnomalar tuzilgan sanadan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay joylashtiriladi.