Elektron doʻkonda: bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravarigacha (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravarigacha) qiymatdagi tovarlarning; bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha) qiymatdagi ishlarning, xizmatlarning davlat xaridlari amalga oshirilishi mumkin. Elektron doʻkon orqali budjet buyurtmachisi tomonidan ayni bir turdagi tovarlarning davlat xaridi bir moliya yili davomida bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ming baravarigacha amalga oshirilishi mumkin. Elektron doʻkon orqali budjet buyurtmachisi tomonidan ayni bir turdagi ishlarning, xizmatlarning davlat xaridi bir moliya yili davomida bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravarigacha (korporativ buyurtmachilar uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir ming baravarigacha) amalga oshirilishi mumkin.